Asosiy qismga o‘tish

AL05-3. Byudjet

Ketma-ket n ta do‘kon, har birida bitta xarid narxi aᵢ. Sizda S so‘m bor. Ketma-ket turgan do‘konlardan iborat eng uzun qatorni tanlang: ulardagi xaridlar yig‘indisi S dan oshmasin. Nechta do‘kon?

Yig‘indisi 7 dan oshmaydigan oraliqlar
Yig‘indisi 7 dan oshmaydigan oraliqlar

Narxlar musbat, demak oyna kengaysa yig‘indi faqat oshadi. O‘ng chegarani suring; yig‘indi oshib ketsa, chap chegarani qisqartiring.

Kirish ma’lumotlari

Birinchi qatorda n va S, ikkinchisida n ta narx.

Chiqish ma’lumotlari

Eng uzun qator uzunligi (hech biri sig‘masa — 0).

Cheklovlar

1 ≤ n ≤ 2·10⁵, 1 ≤ aᵢ ≤ 10⁴, 1 ≤ S ≤ 10⁹

Misollar

Kirish
7 7
4 2 1 7 1 1 3
Chiqish
3
Kirish
2 1
5 5
Chiqish
0
Qoralama doskasi
Kod yozish
Kod yuborish 5 ta test
Yechim yuborish uchun tizimga kiring.