AL09-4. Eng uzun o‘suvchi qism
Ketma-ketlikdan ba’zi elementlarni o‘chirib, qat’iy o‘suvchi qism ketma-ketlik hosil qilamiz. Uning eng katta uzunligi qancha?
Klassik O(n²) DP: dp[i] — i-elementda tugaydigan eng uzun qism. Katta testlar uchun O(n log n) kerak: har uzunlik uchun eng kichik «dum»ni saqlang va ikkilik qidiruvda yangilang.
Kirish ma’lumotlari
Birinchi qatorda n, ikkinchisida n ta son.
Chiqish ma’lumotlari
Eng uzun o‘suvchi qism uzunligi.
Cheklovlar
1 ≤ n ≤ 10⁵, |aᵢ| ≤ 10⁹
Misollar
Kirish
8 10 9 2 5 3 7 101 18
Chiqish
4
Kirish
3 5 5 5
Chiqish
1
Qoralama doskasi
Kod yozish
Kod yuborish
6 ta test
Yechim yuborish uchun
tizimga kiring.