AL09-5. Ryukzak
Sayohatchining ryukzagiga W kg sig‘adi. n ta buyum bor, har birining vazni wᵢ va qiymati vᵢ. Har buyumni ko‘pi bilan bir marta olish mumkin. Qiymatlar yig‘indisi eng katta bo‘lsin.
dp[c] — c kg sig‘imda erishiladigan eng katta qiymat. Buyumlarni bittalab qo‘shing va c ni kattadan kichikka yuring — aks holda bitta buyum ikki marta olinib qoladi.
Kirish ma’lumotlari
Birinchi qatorda n va W, keyingi n qatorda wᵢ vᵢ.
Chiqish ma’lumotlari
Eng katta qiymat.
Cheklovlar
1 ≤ n ≤ 100, 1 ≤ W ≤ 10⁴, 1 ≤ wᵢ ≤ W, 1 ≤ vᵢ ≤ 10⁶
Misollar
Kirish
4 8 3 40 4 50 5 70 2 15
Chiqish
110
Qoralama doskasi
Kod yozish
Kod yuborish
4 ta test
Yechim yuborish uchun
tizimga kiring.