Asosiy qismga o‘tish

BS-B1. Necha savol?

Do‘stingiz 1 dan n gacha bitta sonni o‘yladi. Siz son aytasiz, u esa «katta», «kichik» yoki «topdingiz» deb javob beradi. Siz har doim qolgan oraliqning o‘rtasini aytasiz (binar qidiruv). Do‘stingiz qaysi sonni o‘ylamasin, eng ko‘pi bilan nechta savolda topasiz?

Masalan, n = 7: avval 4, keyin 2 yoki 6, keyin qolgan bittasi — ko‘pi bilan 3 savol.

Kirish ma’lumotlari

Bitta son n.

Chiqish ma’lumotlari

Bitta son — eng ko‘p savollar soni.

Cheklovlar

1 ≤ n ≤ 10¹⁸.

Misollar

Kirish
7
Chiqish
3
Kirish
8
Chiqish
4
Kirish
1
Chiqish
1
Qoralama doskasi
Kod yozish
Kod yuborish 14 ta test
Yechim yuborish uchun tizimga kiring.