BS-B3. Kitob raqami
Javonda n ta kitob inventar raqamlari o‘sish tartibida turibdi (raqamlar turli). Kutubxonachi x raqamli kitobni qidiryapti. U javonda nechanchi o‘rinda turibdi (chapdan, 1 dan sanab)? Bunday kitob bo‘lmasa — -1.
Binar qidiruv bilan yeching: o‘rtadagi kitobga qarab, qidiruvni chap yoki o‘ng yarmida davom ettiring.
Kirish ma’lumotlari
Birinchi qatorda n va x, ikkinchisida n ta raqam (o‘sish tartibida).
Chiqish ma’lumotlari
Bitta son — o‘rin yoki -1.
Cheklovlar
1 ≤ n ≤ 10⁵; 1 ≤ raqam, x ≤ 10⁹.
Misollar
Kirish
5 12 2 5 8 12 16
Chiqish
4
Kirish
5 6 2 5 8 12 16
Chiqish
-1
Kirish
1 3 3
Chiqish
1
Qoralama doskasi
Kod yozish
Kod yuborish
14 ta test
Yechim yuborish uchun
tizimga kiring.