Asosiy qismga o‘tish

BS-E1. Butun kub ildiz

q ta son berilgan. Har biri uchun ⌊∛n⌋ ni toping — kubi n dan oshmaydigan eng katta butun k (k³ ≤ n).

n ** (1/3) kasr son bilan hisoblaydi va katta sonlarda xato qiladi: (10⁶)³ = 10¹⁸ uchun 999999.9999… chiqib, javob 999999 bo‘lib qolishi mumkin. Faqat butun sonlar bilan ishlang.

Kirish ma’lumotlari

Birinchi qatorda q, keyingi q qatorda bittadan son n.

Chiqish ma’lumotlari

Har son uchun alohida qatorda ⌊∛n⌋.

Cheklovlar

1 ≤ q ≤ 10⁴; 0 ≤ n ≤ 10¹⁸.

Misollar

Kirish
4
30
27
26
0
Chiqish
3
3
2
0
Qoralama doskasi
Kod yozish
Kod yuborish 10 ta test
Yechim yuborish uchun tizimga kiring.