Asosiy qismga o‘tish

BS-E2. Tejamkor o‘quvchi

Aziz cho‘chqachaga pul yig‘a boshladi: 1-kuni 1 so‘m, 2-kuni 2 so‘m, 3-kuni 3 so‘m va hokazo — har kuni oldingisidan 1 so‘m ko‘p. Unga S so‘m kerak. Eng kamida necha kunda yig‘ib bo‘ladi?

S juda katta — kunlarni bittalab sanab bo‘lmaydi. d kunda yig‘ilgani: 1 + 2 + … + d = d(d + 1)/2.

Kirish ma’lumotlari

Birinchi qatorda q — savollar soni, keyingi q qatorda bittadan S.

Chiqish ma’lumotlari

Har savolga alohida qatorda kunlar soni.

Cheklovlar

1 ≤ q ≤ 10⁴; 1 ≤ S ≤ 10¹⁸.

Misollar

Kirish
3
10
11
1
Chiqish
4
5
1
Qoralama doskasi
Kod yozish
Kod yuborish 10 ta test
Yechim yuborish uchun tizimga kiring.