BS-H5. Bozor narxi
Bozorda n ta sotuvchi va m ta xaridor bor. i-sotuvchi olmasini aᵢ so‘m yoki undan qimmatga sotishga rozi; j-xaridor bⱼ so‘m yoki undan arzonga olishga rozi. Narx X bo‘lsa, unga rozi sotuvchilar soni rozi xaridorlar sonidan kam bo‘lmasligi kerak. Shunday eng kichik butun X ni toping.
X oshsa, rozi sotuvchilar ko‘payadi, rozi xaridorlar esa kamayadi.
Kirish ma’lumotlari
Birinchi qatorda n va m, ikkinchisida n ta aᵢ, uchinchisida m ta bⱼ.
Chiqish ma’lumotlari
Bitta son — eng kichik X.
Cheklovlar
1 ≤ n, m ≤ 2·10⁵; 1 ≤ aᵢ, bⱼ ≤ 10⁹.
Misollar
Kirish
3 4 110 90 120 100 80 120 10000
Chiqish
110
Kirish
1 1 5 5
Chiqish
5
Qoralama doskasi
Kod yozish
Kod yuborish
13 ta test
Yechim yuborish uchun
tizimga kiring.