Asosiy qismga o‘tish

BS-M2. Ko‘paytirish jadvali

n × m ko‘paytirish jadvali: i-qator va j-ustunda i · j turadi. Jadvaldagi barcha n · m sonni o‘sish tartibida yozsak (takrorlari bilan), k-o‘rinda qaysi son turadi?

Jadvalda 2.5·10⁹ gacha son bor — hammasini yozib saralab bo‘lmaydi. Lekin «x dan katta bo‘lmagan sonlar nechta?» degan savolga tez javob berish mumkin: i-qatorda ular min(m, ⌊x/i⌋) ta.

Kirish ma’lumotlari

Bitta qatorda n, m, k.

Chiqish ma’lumotlari

Bitta son — k-eng kichik.

Cheklovlar

1 ≤ n, m ≤ 5·10⁴; 1 ≤ k ≤ n · m.

Misollar

Kirish
2 3 4
Chiqish
3
Kirish
3 3 9
Chiqish
9
Qoralama doskasi
Kod yozish
Kod yuborish 15 ta test
Yechim yuborish uchun tizimga kiring.