BS-M5. Qurbaqa sakrashi
Ariqda bir chiziq bo‘ylab n ta tosh bor, koordinatalari x₁ < x₂ < … < xₙ. Qurbaqa birinchi toshda turibdi va oxirgisiga ko‘pi bilan k ta sakrashda yetib bormoqchi; u faqat toshlarga qo‘nadi va faqat oldinga sakraydi. Eng uzun sakrashi imkon qadar qisqa bo‘lsin — shu uzunlikni toping.
Sakrash uzunligi D dan oshmasa, eng kamida necha sakrash kerakligini ochko‘z usul beradi: har safar D ichidagi eng uzoq toshga sakrash.
Kirish ma’lumotlari
Birinchi qatorda n va k, ikkinchisida n ta koordinata (o‘sish tartibida).
Chiqish ma’lumotlari
Bitta son — eng uzun sakrashning eng kichik qiymati.
Cheklovlar
2 ≤ n ≤ 5·10⁴; 1 ≤ k ≤ n − 1; 0 ≤ xᵢ ≤ 10⁹.
Misollar
Kirish
5 2 0 2 5 6 10
Chiqish
5
Kirish
2 1 3 100
Chiqish
97
Qoralama doskasi
Kod yozish
Kod yuborish
11 ta test
Yechim yuborish uchun
tizimga kiring.