BS-M6. Ro‘yxatda bormi?
Kutubxonada kitoblar inventar raqami bo‘yicha saralab qo‘yilgan. O‘quvchilar q marta so‘raydi: «x raqamli kitob bormi?» Har so‘rovga YES yoki NO deb javob bering.
Har so‘rovda butun ro‘yxatni ko‘rib chiqish q · n = 4·10¹⁰ amal — ulgurmaydi. Ro‘yxat saralangan: o‘rtadagi kitobga qarab, qidirish oralig‘ining yarmini tashlab yuborish mumkin.
Kirish ma’lumotlari
Birinchi qatorda n, ikkinchisida o‘sish tartibida (kamaymaydigan) n ta butun son. Uchinchi qatorda q, to‘rtinchisida q ta so‘rov — butun sonlar x.
Chiqish ma’lumotlari
Har so‘rovga alohida qatorda YES yoki NO.
Cheklovlar
1 ≤ n, q ≤ 2·10⁵; sonlar modul bo‘yicha 10⁹ dan oshmaydi.
Misollar
Kirish
5 1 3 5 7 9 3 4 7 9
Chiqish
NO YES YES
Kirish
3 2 2 2 2 2 3
Chiqish
YES NO
Qoralama doskasi
Kod yozish
Kod yuborish
12 ta test
Yechim yuborish uchun
tizimga kiring.