Asosiy qismga o‘tish

BW-O7. Daraxtdagi XOR yo‘l

Shahar ko‘chalari n ta chorrahani bog‘laydigan daraxt hosil qiladi (n − 1 ta ko‘cha, har ikki chorraha orasida yagona yo‘l). Har bir ko‘chaga son w yozilgan. Yo‘lning «qiymati» — undagi barcha ko‘chalar sonlarining XORi. Ikki chorraha orasidagi eng katta qiymatli yo‘lni toping.

Kirish ma’lumotlari

Birinchi qatorda n. Keyingi n − 1 qatorda u v w — ko‘cha.

Chiqish ma’lumotlari

Bitta son — eng katta yo‘l qiymati (bitta chorrahadan iborat yo‘l — 0).

Cheklovlar

1 ≤ n ≤ 5·10⁴; 0 ≤ w < 2³⁰.

Misollar

Kirish
4
1 2 3
2 3 4
2 4 6
Chiqish
7
Kirish
1
Chiqish
0
Kirish
2
1 2 0
Chiqish
0
Qoralama doskasi
Kod yozish
Kod yuborish 12 ta test
Yechim yuborish uchun tizimga kiring.