GR-M2. K ta raqamni o‘chirish
Son va K berilgan. Sondan aynan K ta raqamni o‘chiring (qolganlarining tartibi saqlanadi), natija iloji boricha kichik bo‘lsin. Natijani boshidagi nollarsiz chiqaring; hech narsa qolmasa — 0.
Kirish ma’lumotlari
Birinchi qatorda son (boshida nol yo‘q), ikkinchisida K.
Chiqish ma’lumotlari
Bitta son — eng kichik natija.
Cheklovlar
1 ≤ uzunlik ≤ 2·10⁵; 0 ≤ K ≤ uzunlik.
Misollar
Kirish
1432219 3
Chiqish
1219
Kirish
10200 1
Chiqish
200
Kirish
10 2
Chiqish
0
Kirish
12345 2
Chiqish
123
Qoralama doskasi
Kod yozish
Kod yuborish
15 ta test
Yechim yuborish uchun
tizimga kiring.