Asosiy qismga o‘tish

GR-M4. Videolavhalar

Musobaqa T daqiqa davom etgan. n ta kamera lavhasi bor, i-lavha [sᵢ; eᵢ] vaqt oralig‘ini yozib olgan. Butun [0; T] vaqtni qoplash uchun eng kamida nechta lavha kerak? Qoplab bo‘lmasa — -1. (Lavhalar uchma-uch tegib tursa ham yetarli: [0; 2] va [2; 5] birga [0; 5] ni qoplaydi.)

Kirish ma’lumotlari

Birinchi qatorda n va T. Keyingi n qatorda sᵢ eᵢ.

Chiqish ma’lumotlari

Bitta son — lavhalar soni yoki -1.

Cheklovlar

1 ≤ n ≤ 2·10⁵; 1 ≤ T ≤ 10⁹; 0 ≤ sᵢ ≤ eᵢ ≤ 2·10⁹.

Misollar

Kirish
6 10
0 2
4 6
8 10
1 9
1 5
5 9
Chiqish
3
Kirish
2 5
0 2
3 5
Chiqish
-1
Kirish
1 3
0 7
Chiqish
1
Qoralama doskasi
Kod yozish
Kod yuborish 13 ta test
Yechim yuborish uchun tizimga kiring.