Asosiy qismga o‘tish

GR-O10. Arzon ol — qimmat sot

Aksiya narxi n kun oldindan ma’lum: i-kuni pᵢ. Har kuni bittadan ko‘p bo‘lmagan amal: bitta aksiya sotib olish, qo‘ldagi bitta aksiyani sotish yoki hech narsa qilmaslik. Qo‘lda bir vaqtda istalgancha aksiya bo‘lishi mumkin, lekin yo‘q aksiyani sotib bo‘lmaydi. Oxirida qolgan aksiyalar hech narsa bermaydi. Eng katta foyda qancha?

Kirish ma’lumotlari

Birinchi qatorda n, ikkinchisida n ta narx.

Chiqish ma’lumotlari

Bitta son — eng katta foyda.

Cheklovlar

1 ≤ n ≤ 2·10⁵; 1 ≤ pᵢ ≤ 10⁶.

Misollar

Kirish
9
10 5 4 7 9 12 6 2 10
Chiqish
20
Kirish
3
5 4 3
Chiqish
0
Qoralama doskasi
Kod yozish
Kod yuborish 11 ta test
Yechim yuborish uchun tizimga kiring.