Asosiy qismga o‘tish

PY04-11. Ikkining katta darajasi

Ko‘p tillarda butun son 64 bit bilan cheklangan: 2⁶⁴ dan kattasi sig‘maydi. Python’da esa butun sonlar xohlagancha uzun bo‘ladi.

n berilgan. 2ⁿ sonining nechta raqami borligini va raqamlari yig‘indisini toping.

Kirish ma’lumotlari

Bitta butun son n.

Chiqish ma’lumotlari

Bitta qatorda ikki son: 2ⁿ ning raqamlari soni va raqamlari yig‘indisi.

Cheklovlar

0 ≤ n ≤ 10 000

Misollar

Kirish
10
Chiqish
4 7
Kirish
0
Chiqish
1 1

Tushuntirish

2¹⁰ = 1024: 4 ta raqam, yig‘indisi 1 + 0 + 2 + 4 = 7.

Qoralama doskasi
Kod yozish
Kod yuborish 13 ta test
Yechim yuborish uchun tizimga kiring.