Asosiy qismga o‘tish

PY04-14. Har doim musbat qoldiq

Matematikada a ni b ga qoldiqli bo‘lish — shunday q (bo‘linma) va r (qoldiq) ni topish:

a = b · q + r, 0 ≤ r < |b|

Qoldiq har doim manfiy emas va bo‘luvchining modulidan kichik. Dasturlash tillarida esa manfiy sonlar bilan // va % boshqacha ishlaydi: C++ da -7 % 2 = -1, Python’da 7 % -2 = -1.

a va b berilgan (ikkalasi ham manfiy bo‘lishi mumkin). Matematik q va r ni toping.

Kirish ma’lumotlari

Bitta qatorda ikki butun son: a va b.

Chiqish ma’lumotlari

Bitta qatorda ikki son: q va r.

Cheklovlar

−10¹⁸ ≤ a, b ≤ 10¹⁸, b ≠ 0

Misollar

Kirish
-7 2
Chiqish
-4 1
Kirish
7 -2
Chiqish
-3 1

Tushuntirish

-7 = 2 · (-4) + 1 → -4 1. 7 = (-2) · (-3) + 1 → -3 1.

Qoralama doskasi
Kod yozish
Kod yuborish 20 ta test
Yechim yuborish uchun tizimga kiring.