PY04-9. Qo‘shimcha ish haqi
Ishchi bir haftada h soat ishladi. Har soat uchun r so‘m to‘lanadi, lekin 40 soatdan ortig‘i uchun stavka bir yarim baravar — 1.5 · r so‘m.
Haftalik maoshni hisoblang. Shart operatorisiz yechib ko‘ring: min va max funksiyalari yetarli.
Kirish ma’lumotlari
Bitta qatorda ikki butun son: h va r.
Chiqish ma’lumotlari
Haftalik maosh (butun son).
Cheklovlar
0 ≤ h ≤ 168, 2 ≤ r ≤ 10⁶, r — juft
Misollar
Kirish
45 100
Chiqish
4750
Kirish
38 50
Chiqish
1900
Tushuntirish
45 soat, soatiga 100 so‘m: 40 · 100 + 5 · 150 = 4750.
Qoralama doskasi
Kod yozish
Kod yuborish
13 ta test
Yechim yuborish uchun
tizimga kiring.