PY06-15. Tangalar bilan to‘lash
Do‘konda 1, 2 va 5 so‘mlik tangalar bilan to‘lash mumkin (har biridan istalgancha). n so‘mni necha xil usulda to‘lash mumkin?
Tangalar tartibi ahamiyatsiz: 2 + 1 va 1 + 2 — bitta usul. Faqat har tangadan nechtadan olingani muhim. n = 0 uchun bitta usul bor — hech narsa bermaslik.
Kirish ma’lumotlari
Bitta butun son n.
Chiqish ma’lumotlari
Usullar soni.
Cheklovlar
0 ≤ n ≤ 10⁶
Misollar
Kirish
5
Chiqish
4
Kirish
6
Chiqish
5
Tushuntirish
n = 5: 5; 2+2+1; 2+1+1+1; 1+1+1+1+1 — 4 usul. n = 6: 5+1; 2+2+2; 2+2+1+1; 2+1+1+1+1; 1·6 — 5 usul.
Qoralama doskasi
Kod yozish
Kod yuborish
14 ta test
Yechim yuborish uchun
tizimga kiring.