Asosiy qismga o‘tish

PY07-1. Raqamlar soni

Manfiy bo‘lmagan butun son n necha xonali? Satrga aylantirmasdan, while sikli bilan yeching: sonni 10 ga butun bo‘lib boring (n //= 10) va har bo‘lishda hisoblagichni bittaga oshiring. Son 0 ga aylanganda raqamlar tugadi.

Har bo‘lishda bitta raqam «tushib qoladi»
Har bo‘lishda bitta raqam «tushib qoladi»

Diqqat: 0 — bir xonali son, uni alohida tekshiring.

Kirish ma’lumotlari

Bitta butun son n.

Chiqish ma’lumotlari

Raqamlar soni.

Cheklovlar

0 ≤ n ≤ 10¹⁸

Misollar

Kirish
58213
Chiqish
5
Kirish
0
Chiqish
1
Qoralama doskasi
Kod yozish
Kod yuborish 6 ta test
Yechim yuborish uchun tizimga kiring.