PY08-11. Tog‘ cho‘qqilari
Tog‘ tizmasi bo‘ylab har kilometrda balandlik o‘lchandi: h₁, h₂, …, hₙ. Cho‘qqi — ikkala qo‘shnisidan ham qat’iy baland bo‘lgan nuqta. Birinchi va oxirgi nuqtaning bitta qo‘shnisi bor, ular cho‘qqi hisoblanmaydi.
Nechta cho‘qqi bor?
Kirish ma’lumotlari
Birinchi qatorda n. Ikkinchi qatorda n ta butun son — balandliklar.
Chiqish ma’lumotlari
Cho‘qqilar soni.
Cheklovlar
1 ≤ n ≤ 10⁵, 0 ≤ hᵢ ≤ 10⁹
Misollar
Kirish
6 1 5 2 2 7 3
Chiqish
2
Kirish
2 1 9
Chiqish
0
Tushuntirish
1 5 2 2 7 3 → 5 va 7 — ikkita cho‘qqi. 2 2 tekislik — cho‘qqi emas.
Qoralama doskasi
Kod yozish
Kod yuborish
10 ta test
Yechim yuborish uchun
tizimga kiring.