PY09-13. Ikkilik sonlarni qo‘shish
Ikkita ikkilik son satr ko‘rinishida berilgan. Ularning yig‘indisini ham ikkilik ko‘rinishda chiqaring.
Sonlar juda uzun — yuz minggacha raqam. Maktabda o‘nlik sonlarni «ustun» bo‘lib qo‘shgandek, oxiridan boshlab, «eslab qolish» bilan qo‘shing.
Kirish ma’lumotlari
Ikki qator, har birida ikkilik son.
Chiqish ma’lumotlari
Yig‘indi ikkilik ko‘rinishda, bosh nollarsiz.
Cheklovlar
Sonlar uzunligi 1–10⁵, bosh nolsiz (yoki aynan 0)
Misollar
Kirish
1011 110
Chiqish
10001
Kirish
0 0
Chiqish
0
Tushuntirish
1011 (11) + 110 (6) = 10001 (17).
Qoralama doskasi
Kod yozish
Kod yuborish
11 ta test
Yechim yuborish uchun
tizimga kiring.