PY09-5. Satrni siqish
Ketma-ket takrorlanuvchi harflarni «harf va soni» ko‘rinishida yozib, satrni siqing: aaabccdddd → a3b1c2d4. Bitta harf ham 1 soni bilan yoziladi.
Bu usul RLE (run-length encoding) deyiladi: faks va oddiy rasm formatlari shu g‘oya bilan ishlaydi.
Kirish ma’lumotlari
Bitta so‘z (kichik lotin harflari).
Chiqish ma’lumotlari
Siqilgan satr.
Cheklovlar
So‘z uzunligi 1 dan 10⁵ gacha.
Misollar
Kirish
aaabccdddd
Chiqish
a3b1c2d4
Kirish
abc
Chiqish
a1b1c1
Qoralama doskasi
Kod yozish
Kod yuborish
9 ta test
Yechim yuborish uchun
tizimga kiring.