Asosiy qismga o‘tish

PY10-13. Izomorf so‘zlar

Ikki so‘z izomorf deyiladi, agar birinchisining har bir harfini boshqa harfga almashtirib ikkinchisini hosil qilish mumkin bo‘lsa. Bunda:

  • bir xil harflar har doim bir xil harfga almashadi;
  • har xil harflar har xil harflarga almashadi (harf o‘ziga ham almashishi mumkin).

egg va add — izomorf (e→a, g→d). foo va bar — yo‘q (o ikki xil harfga aylanishi kerak). ab va aa — yo‘q (a va b bitta harfga aylana olmaydi).

Kirish ma’lumotlari

Ikki qator, har birida so‘z.

Chiqish ma’lumotlari

YES yoki NO.

Cheklovlar

Satrlar uzunligi 1–10⁵, kichik lotin harflari

Misollar

Kirish
paper
title
Chiqish
YES
Kirish
ab
aa
Chiqish
NO

Tushuntirish

paper, title — YES. ab, aa — NO.

Qoralama doskasi
Kod yozish
Kod yuborish 14 ta test
Yechim yuborish uchun tizimga kiring.