Asosiy qismga o‘tish

PY11-10. Yilning nechanchi kuni

Sana berilgan: kun d, oy m, yil y. Bu yilning nechanchi kuni? 1-yanvar — 1-kun.

Kod tushunarli bo‘lishi uchun ikki funksiya yozing: is_leap(y) — kabisa yilimi, va days_in_month(m, y) — oyda necha kun. Kabisa: 400 ga bo‘linadi, yoki 4 ga bo‘linadi va 100 ga bo‘linmaydi.

Kirish ma’lumotlari

Bitta qatorda uchta son: d, m, y.

Chiqish ma’lumotlari

Kun raqami (1 dan 366 gacha).

Cheklovlar

Sana to‘g‘ri, 1 ≤ y ≤ 9999

Misollar

Kirish
1 3 2024
Chiqish
61
Kirish
31 12 2023
Chiqish
365

Tushuntirish

1 3 2024 → 31 + 29 + 1 = 61. 31 12 2023 → 365.

Qoralama doskasi
Kod yozish
Kod yuborish 14 ta test
Yechim yuborish uchun tizimga kiring.