PY12-12. Yaxlitlash tuzog‘i
Sonlarni eng yaqin butun songa yaxlitlash kerak; aniq o‘rtada turgan son (.5) noldan uzoqroq tomonga yaxlitlanadi: 2.5 → 3, -2.5 → -3. Maktabda shunday o‘rgatiladi. Dasturchi yozgan kod:
n = int(input())
for x in input().split():
print(round(float(x)))2.5 uchun u 2 chiqaradi! Xatoni toping va to‘g‘ri yechim yuboring.
Kirish ma’lumotlari
Birinchi qatorda n. Ikkinchi qatorda n ta son (nuqtadan keyin bitta raqam).
Chiqish ma’lumotlari
Yaxlitlangan sonlar bitta qatorda.
Cheklovlar
1 ≤ n ≤ 10⁵; har son nuqtadan keyin aynan bitta raqam bilan, |x| ≤ 10¹⁵
Misollar
Kirish
5 2.5 3.5 -2.5 0.4 7.0
Chiqish
3 4 -3 0 7
Kirish
2 -0.5 0.5
Chiqish
-1 1
Tushuntirish
2.5 3.5 -2.5 0.4 7.0 → 3 4 -3 0 7.
Qoralama doskasi
Kod yozish
Kod yuborish
11 ta test
Yechim yuborish uchun
tizimga kiring.