PY12-2. Ro‘yxat chegarasi
n ta sonli ro‘yxat va q ta so‘rov berilgan. Har so‘rovda o‘rin raqami i (1 dan boshlab sanaladi). i-elementni chiqaring; bunday o‘rin yo‘q bo‘lsa — XATO.
Ikki tuzoq: raqamlash 1 dan, Python indeksi esa 0 dan boshlanadi. Bundan tashqari, manfiy i Python’da xato bermaydi (a[-1] — oxirgi element), lekin bu masalada u mavjud bo‘lmagan o‘rin.
Kirish ma’lumotlari
Birinchi qatorda n, ikkinchisida n ta son. Uchinchi qatorda q, to‘rtinchisida q ta o‘rin raqami.
Chiqish ma’lumotlari
q qator — element yoki XATO.
Cheklovlar
1 ≤ n, q ≤ 10⁵, −10⁹ ≤ i ≤ 10⁹
Misollar
Kirish
4 10 20 30 40 4 1 4 5 -1
Chiqish
10 40 XATO XATO
Qoralama doskasi
Kod yozish
Kod yuborish
4 ta test
Yechim yuborish uchun
tizimga kiring.