Asosiy qismga o‘tish

PY12-4. Bitta kam

1 dan n gacha sonlar kvadratlarining yig‘indisi kerak edi: 1² + 2² + … + n². Dasturchi shunday yozdi:

range(1, n) oxirgi sonni o‘tkazib yuboradi
range(1, n) oxirgi sonni o‘tkazib yuboradi
n = int(input())
s = 0
for i in range(1, n):
    s += i * i
print(s)

Dastur ishlaydi, lekin javob noto‘g‘ri — dasturchilar buni «bittaga adashish» (off-by-one) deyishadi. Xatoni toping va to‘g‘ri dasturni yuboring.

Kirish ma’lumotlari

Bitta natural son n.

Chiqish ma’lumotlari

1² + 2² + … + n².

Cheklovlar

1 ≤ n ≤ 10⁶

Misollar

Kirish
3
Chiqish
14
Kirish
1
Chiqish
1
Qoralama doskasi
Kod yozish
Kod yuborish 6 ta test
Yechim yuborish uchun tizimga kiring.