Asosiy qismga o‘tish

PY12-6. Kasr emas, butun

Ikki natural son a va b berilgan. a ni b ga bo‘lgandagi butun qismni (to‘liqsiz bo‘linmani) toping. Dasturchi shunday yozdi:

a, b = map(int, input().split())
print(int(a / b))

Kichik sonlarda hammasi to‘g‘ri, lekin katta testlarda «Noto‘g‘ri javob». Xatoni toping va to‘g‘ri yechim yuboring.

Kirish ma’lumotlari

Bitta qatorda ikki son: a va b.

Chiqish ma’lumotlari

a ni b ga bo‘lgandagi butun qism.

Cheklovlar

1 ≤ a, b ≤ 10¹⁸

Misollar

Kirish
7 2
Chiqish
3
Kirish
999999999999999999 1
Chiqish
999999999999999999

Tushuntirish

7 2 → 3. 999999999999999999 1 → 999999999999999999 (yuqoridagi kod 1000000000000000000 chiqaradi).

Qoralama doskasi
Kod yozish
Kod yuborish 12 ta test
Yechim yuborish uchun tizimga kiring.