Asosiy qismga o‘tish

PY12-9. 0.1 + 0.2

Buxgalteriya dasturi a + b = c tengligini tekshiradi; summalar so‘mda, tiyingacha aniqlikda. Dasturchi yozgan kod:

a, b, c = map(float, input().split())
print("YES" if a + b == c else "NO")

0.1 0.2 0.3 uchun u NO deydi! Xatoni toping va to‘g‘ri yechim yuboring.

Kirish ma’lumotlari

Bitta qatorda uchta son: a, b, c. Har biri butun yoki nuqtadan keyin bir-ikki raqamli (masalan, 5, -0.1, 12.50).

Chiqish ma’lumotlari

Tenglik aniq bajarilsa YES, aks holda NO.

Cheklovlar

|a|, |b|, |c| ≤ 10⁶; nuqtadan keyin ko‘pi bilan 2 ta raqam

Misollar

Kirish
0.1 0.2 0.3
Chiqish
YES
Kirish
1.10 2.2 3.31
Chiqish
NO

Tushuntirish

0.1 0.2 0.3 — YES. 1.10 2.2 3.31 — NO.

Qoralama doskasi
Kod yozish
Kod yuborish 19 ta test
Yechim yuborish uchun tizimga kiring.