Asosiy qismga o‘tish

SH-01. Sonning barcha bo‘luvchilarini topish

Sizga musbat butun N soni beriladi. Sonning bo‘luvchisi deb, N sonini qoldiqsiz bo‘ladigan musbat butun sonlarga aytiladi.

Vazifangiz, berilgan N sonining barcha bo‘luvchilarini o‘sish tartibida ekranga chiqarishdan iborat.

Masalan, agar N = 12 bo‘lsa, uning bo‘luvchilari 1, 2, 3, 4, 6, 12 bo‘ladi. Chunki bu sonlarning har biri 12 ni qoldiqsiz bo‘ladi.

Kirish ma’lumotlari

Bitta qatorda N musbat butun soni beriladi.

Chiqish ma’lumotlari

Berilgan N sonining barcha bo‘luvchilarini o‘sish tartibida bitta qatorda bo‘sh joy bilan ajratib chiqaring.

Cheklovlar

1 ≤ N ≤ 10^9

Misollar

Kirish
1
Chiqish
1
Kirish
12
Chiqish
1
2
3
4
6
12
Qoralama doskasi
Kod yozish
Kod yuborish 10 ta test
Yechim yuborish uchun tizimga kiring.