Asosiy qismga o‘tish

TP-B3. Ikkala ro‘yxatda

Ikki sinf o‘quvchilarining bo‘ylari (sm) o‘sish tartibida berilgan. Ikkala ro‘yxatda ham uchraydigan bo‘ylarni o‘sish tartibida chiqaring. Bir xil bo‘y bir ro‘yxatda p marta, ikkinchisida q marta uchrasa, u min(p, q) marta chiqariladi. Umumiy bo‘y yo‘q bo‘lsa — -1.

Ikkala ro‘yxatni bitta o‘tishda birga yuring: kichigini oldinga suring, teng bo‘lsa — yozib, ikkalasini.

Kirish ma’lumotlari

Birinchi qatorda n va m, ikkinchisida n ta son, uchinchisida m ta son (ikkalasi kamaymaydigan).

Chiqish ma’lumotlari

Bitta qatorda umumiy sonlar (bo‘shliq bilan) yoki -1.

Cheklovlar

1 ≤ n, m ≤ 2·10⁵; 1 ≤ son ≤ 10⁹.

Misollar

Kirish
4 5
1 2 2 5
2 2 2 3 5
Chiqish
2 2 5
Kirish
2 2
1 3
2 4
Chiqish
-1
Qoralama doskasi
Kod yozish
Kod yuborish 12 ta test
Yechim yuborish uchun tizimga kiring.