Asosiy qismga o‘tish

TP-M3. Eng katta hovuz

Bir chiziq bo‘ylab har metrda bittadan n ta devor turibdi, i-devorning balandligi hᵢ. Ikkita devorni tanlab, ular orasiga suv quyamiz (oradagi devorlar olib tashlanadi). Suv miqdori — devorlar orasidagi masofa ko‘paytirilgan pastrog‘ining balandligiga. Eng ko‘pi bilan qancha suv sig‘adi?

Ikki chetdagi devordan boshlang. Qaysi devorni ichkariga surish kerak — pastinimi yoki balandinimi?

Kirish ma’lumotlari

Birinchi qatorda n, ikkinchisida n ta balandlik.

Chiqish ma’lumotlari

Bitta son — eng katta suv miqdori.

Cheklovlar

2 ≤ n ≤ 2·10⁵; 0 ≤ hᵢ ≤ 10⁹.

Misollar

Kirish
9
1 8 6 2 5 4 8 3 7
Chiqish
49
Kirish
2
0 5
Chiqish
0
Qoralama doskasi
Kod yozish
Kod yuborish 11 ta test
Yechim yuborish uchun tizimga kiring.