Меню

29-июль 2026

#Qabul2026 #Abituriyent2026

Akademik litseylarga qabul test sinovlari

📆 Avval xabar qilinganidek (https://t.me/BaholashUz/11189), 24-25-iyul kunlari Akademik litseylarga qabul test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

📊 Respublika bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida rejadagi 66 033 nafar abituriyentdan 57 ming nafardan ortig‘i ishtirok etdi. Ulardan 2 nafari tartib-qoidani buzganligi sababli jarayondan chetlatildi.

📣 Eslatma, imtihonlarning yakuniy natijalari kirish test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng besh kun ichida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz, shuningdek, akademik litseyning rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.

😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!

✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:

Telegram (https://t.me/BaholashUz) | Facebook (https://www.facebook.com/dtmuzb/) | Instagram (https://instagram.com/dtmuzb/) | YouTube (https://www.youtube.com/@BaholashUz)