Меню

12-апрель 2022

Viloyatimiz umumta'lim maktablarining 8-9-10- sinf o'quvchilari diqqatiga!!!

🔥🔥🔥 TATU SF akademik litseyi Matematika fanidan "Xalqaro Olimpiada Maktabi" tashkil etilganini ma'lum qilamiz!

Xalqaro Olimpiada Maktabiga Rossiya Federatsiyasi va MDH davlatlari, Respublikamizning nufuzli universitetlari professor òqituvchilari tomonidan onlayn hamda offlayn mashģulotlar tashkil etiladi.

Xalqaro Olimpiada Maktabiga eng iqtidorli òquvchilarni tanlov asosida qabul qilamiz!

💥 2022 yil 17 aprel kuni onlayn tarzda Matematika fani olimpiadasining saralash bosqichiga start beriladi.

Olimpiadada shu fanga qiziquvchi barcha 8-9-10 sinf o‘quvchi yoshlari bepul ishtirok etishlari mumkin!

💫 Saralashdan o'tgan o'quvchilar FINAL bosqichida ishtrok etadi va har bir sinfdan 3 nafar final g'oliblari Respublikamizninig 🏆 Xalqaro fan Olimpiadalarida doimo yetakchi bòlgan viloyatlariga sayohatga olib boriladi va yuqori natija ko'rsatgan o'quvchilar esdalik sovģalari bilan taqdirlanadi.

⚡️Olimpiadaning saralash bosqichi 17 aprel kuni onlayn tarzda o‘tkaziladi:

‼️Olimpiadani o‘tkazishdan maqsad: Viloyatimizning Matematika faniga qiziquvchi iqtidorli o'quvchilarini qo'llab-quvvatlash va fanga bo'lgan qiziqishlarini rag'batlantirish; Iqtidorli òquvchi yoshlarni Xalqaro Fan Olimpiadalarga tayyorlanishlariga yordam berish.

🏆 Shoshiling, siz eng yaxshisiga loyiqsiz!

🗒 Saralashda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Ro‘yhatdan o‘tish 16 aprel soat 17:00 ga qadar davom etadi.

📞📞 Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi telefonlar raqamlarga telegram orqali murojaat qilinishi kerak:

📱+998991694281 Azimov Sherzod

📱+998932159820 Mardiyev Islomxon

📱+998912494454 Sharipov Xurshid

TATU SF akademik litseyi Xalqaro Olimpiada Maktabi

https://t.me/TATUSFALXalqaroOlimpiada