Тема 12
Magnit maydon va elektromagnit induksiya
Amper va Lorens kuchlari, magnit oqimi, Faradey qonuni, Lens qoidasi, o‘zinduksiya.
Magnit maydon ta’siri
- tokli o‘tkazgichga — Amper kuchi F = B·I·l·sin α;
- harakatlanayotgan zaryadga — Lorens kuchi F = q·v·B·sin α. Maydonga perpendikulyar uchgan zarra aylana chizadi: r = mv/(qB).
Yo‘nalish chap qo‘l qoidasi bilan aniqlanadi. Magnit induksiya birligi — tesla (T).
Elektromagnit induksiya
Magnit oqimi Φ = B·S·cos α (veber). Oqim o‘zgarganda induksiya EYuK: ε = −ΔΦ/Δt (N o‘ramda N marta katta). Magnit maydonda harakatlanayotgan o‘tkazgichda ε = B·v·l. Lens qoidasi: induksion tok o‘zini vujudga keltirgan oqim o‘zgarishiga qarshilik qiladi.
O‘zinduksiya
ε = −L·ΔI/Δt, L — induktivlik (genri). Magnit maydon energiyasi W = LI²/2.
Ko‘p uchraydigan xato
Zarra maydon chiziqlari bo‘ylab uchganda ham Lorens kuchi bor deb o‘ylash — α = 0 da sin α = 0.