Меню

Тема 1

Qadimgi Sharq sivilizatsiyalari

Misr, Mesopotamiya, Ahamoniylar, Hindiston va Xitoy.

Qadimgi Misr

Nil vodiysida vujudga kelgan. Miloddan avvalgi III ming yillik boshida Yuqori va Quyi Misr birlashtirilgan. Hukmdor — fir’avn. Gizadagi Xeops piramidasi, iyeroglif yozuvi, papirus — Misr madaniyati belgilari.

Mesopotamiya

Dajla va Frot daryolari oralig‘i. Shumerlar mixxat yozuvini yaratgan. Bobil podshosi Hammurapi qonunlari (mil. av. XVIII asr) — eng qadimgi yozma qonunlar to‘plamlaridan. Yangi Bobil — Navuxodonosor II davrida gullagan.

Ahamoniylar davlati

Mil. av. VI asrda Kir II asos solgan, Doro I davrida kengaygan; Baqtriya, So‘g‘d, Xorazm ham tarkibiga kirgan (Behistun yozuvida tilga olinadi). Makedoniyalik Iskandar mil. av. 330-yilda davlatni tugatgan.

Hindiston va Xitoy

Hind vodiysi sivilizatsiyasi — Mohenjo-Daro va Xarappa shaharlari. Jamiyat varnalarga bo‘lingan. Buddizm asoschisi — Siddxartxa Gautama (Budda).

Xitoy — Xuanxe (Sariq daryo) vodiysi. Tsin Shixuandi mil. av. 221-yilda mamlakatni birlashtirgan, Buyuk Xitoy devori qurilishi kengaytirilgan. Xan sulolasi davrida qog‘oz ixtiro qilingan va Buyuk ipak yo‘li shakllangan.

Ko‘p uchraydigan xato

Mixxatni Misrga, iyeroglifni Mesopotamiyaga nisbat berish.