Меню

Тема 6

Hozirgi zamon: şimdiki zaman (-iyor) va geniş zaman (-ir)

Hozir bo‘layotgan va odatiy harakat, inkor va so‘roq.

Şimdiki zaman — hozir bo‘layotgan harakat (-yapti)

Fe’l + -(ı)yor + shaxs: geliyorum (kelyapman), yapıyorsun, okuyor. Qo‘shimcha unlisi to‘rt xil (ı, i, u, ü), -yor esa o‘zgarmaydi. Fe’l -a/-e bilan tugasa, u tushadi: bekle → bekliyorum.

Inkor: -m-: gelmiyorum. So‘roq — alohida yoziladigan mi: Geliyor musun?

Geniş zaman — odat, umumiy haqiqat (-adi)

  • bir bo‘g‘inli fe’llar odatda -ar/-er: yazarım, içerim;
  • istisnolar -ir oladi: gelir, alır, bilir, olur, görür, verir;
  • ko‘p bo‘g‘inlilar -ir: çalışırım, konuşurum;
  • unli bilan tugasa -r: okurum.

Inkor: gelmem, gelmezsin, gelmez, gelmeyiz.

Qachon qaysi biri

Şu an ders çalışıyorum — hozir dars qilyapman. Her gün ders çalışırım — har kuni dars qilaman.