Меню

“1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayram tadbiri 30-sentabr Samarqand davlat universiteti 2-son akademik litseyida bo’lib o’tdi.

30-сентябрь 2026, 18:51 113 просмотров

Tantanali tadbirda litsey rahbariyati, faxriy ustozlar va butun oʻqituvchilar jamoasi hamda barcha oʻquvchilar jam boʻlishdi.  Oʻquvchilar tomonidan ustozlarga bagʻishlangan maxsus sahna koʻrinishlari, dildan chiqqan tabriklar va she’rlar, kuy-qoʻshiqlar hamda raqslar namoyish etildi.

Ushbu qutlug‘ ayyom jamiyatimizda ilm-fan, ma’rifat tarqatish yo‘lida o‘zining qalb qo‘ri, bilim va tajribasini ayamay mehnat qilayotgan aziz ustozlarga cheksiz hurmat va ehtirom ko‘rsatishga bag‘ishlanadi. Tadbir yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muallimlarning tutgan beqiyos o‘rnini ulug‘laydi.

Bayram davomida yosh avlodni bilimli, odobli va vatanparvar ruhda tarbiyalashda oʻzining fidokorona mehnati bilan namuna boʻlib kelayotgan ustozlar eʼtirof etildi.

Все новости