Меню

🖌Hurmatli Amrillo Norimovich!

27-июнь 2026, 22:52 30 просмотров

😄Sizni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Samarqand davlat universiteti 2-son akademik litseyi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz‼️

⚡️Sizning matbuot va ommaviy axborot vositalari sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnatingiz, kasbingizga bo‘lgan yuksak sadoqatingiz hamda fidokorona faoliyatingiz yurtimiz jurnalistikasi rivojiga munosib hissa bo‘lib qo‘shilgan. Hayot yo‘lingiz va boy tajribangiz bugungi avlod uchun ibrat maktabidir. Bugun nafaqada bo‘lsangiz-da, Sizning mehnatingiz, yaratgan boy merosingiz va kasbga sadoqatingiz doimo yuksak ehtirom bilan qadrlanadi.

📌 Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, xonadoningizga tinchlik, fayzu baraka va farovonlik tilaymiz. Yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi xizmatlaringiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz.

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,

Samarqand davlat universiteti 2-son akademik litseyi jamoasi❗️

Все новости