Меню

Kecha, 30-sentabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyida 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar" kuniga bag’ishlangan bayram tad…

1-октябрь 2023, 10:51 12 просмотров
Kecha, 30-sentabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyida 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar" kuniga bag’ishlangan bayram tad…

Kecha, 30-sentabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyida 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar" kuniga bag’ishlangan bayram tadbiri ko'tarinki ruhda ajoyib qilib o’tkazildi.

Tadbirda mamlakatimizda ta’lim tizimini yuqori bosqichga ko‘tarish, muallimlar, murabbiylar nufuzini, jamiyatdagi o‘rni va rolini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi, yurtimizda yangi avlod, yangi g‘oyalar sohiblarini tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani ado etishda, yosh avlodning tafakkur dunyosini shakllantirishda xizmat qilayotgan - ustoz va muallimlar mehnatlari beqiyos ekanligi ta’kidlanib, ustozlarga hurmat va ehtirom ila chuqur minnatdorchilik bildirildi.

Bayram tadbirining badiiy qismida litseyimiz o'quvchilari tomonidan bir-biridan ajoyib kuy-qo'shiqlar va turli sahna ko'rinishlari ijro etildi.

Все новости