Konstitutsiya – baxtimiz qomusi, farovon hayotimiz, ertangi istiqbolimiz, qadrimiz, huquq va erkinliklarimiz kafolati. Mamlakatimizda bu muhim hujjatning qabul qilinganiga 33 yil toʼldi. Shu munosaba…
9-декабрь 2025, 09:55
14 просмотров
Konstitutsiya – baxtimiz qomusi, farovon hayotimiz, ertangi istiqbolimiz, qadrimiz, huquq va erkinliklarimiz kafolati. Mamlakatimizda bu muhim hujjatning qabul qilinganiga 33 yil toʼldi. Shu munosabat bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik liseyida ham bayram tadbiri tashkil qilindi. Unda Samarqand Davlat universiteti oʼqituvchisi, tarix fanlari boʼyicha falsafa doktori Oybek Shaymanovich Yarmatov Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida maʼruza qildi. Oʼquvchilar tomonidan ijro etilgan sahna koʼrinishlari, sheʼrlar, qoʼshiq va raqslar tadbirga jozibadorlik bagʼishladi.