Меню

👍Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali akademik litseyida 2026-yil 16-may kuni “Akademik litseylarda raqamli ta’lim texnologiyalari va sun’iy intellektni joriy etish: innovatsiyalar, m…

18-май 2026, 21:24 24 просмотра
👍Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali akademik litseyida 2026-yil 16-may kuni “Akademik litseylarda raqamli ta’lim texnologiyalari va sun’iy intellektni joriy etish: innovatsiyalar, m…

👍Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali akademik litseyida 2026-yil 16-may kuni “Akademik litseylarda raqamli ta’lim texnologiyalari va sun’iy intellektni joriy etish: innovatsiyalar, muammolar va istiqbollar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

💥Konferensiyani Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining akademik litseylar bo‘yicha o‘quv-metodik bo‘limi bosh mutaxassisi Jumayev Bolibek Ermamatovich ochib berdilar. Mazkur nufuzli anjumanda respublikamizdagi barcha akademik litsey direktorlari, ta’lim sohasi mutaxassislari hamda pedagog xodimlar ishtirok etdilar.

💥Anjuman davomida akademik litseylarda elektron ta’lim platformalari, virtual laboratoriyalar, masofaviy ta’lim tizimlari va sun’iy intellekt asosidagi dasturiy yechimlardan foydalanishning samaradorligi yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, o‘quvchilarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish, mustaqil fikrlashini kuchaytirish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar bildirildi.

💥Konferensiya doirasida ilg‘or tajribaga ega akademik litseylar tomonidan taqdimotlar namoyish etilib, innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha tajriba almashildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘rtasida muhokamalar o‘tkazilib, akademik litseylarda raqamli ta’limni yanada rivojlantirish hamda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha muhim xulosalar ishlab chiqildi.

👉😎Telegram (https://t.me/litseysamtuit)  📱 Instagram (https://www.instagram.com/samtuit.al_official?igsh=aDN4eG5ubXV6YzRw)

Все новости