Меню

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyi 207-guruh oʻquvchisi Iskandarov Elzod Olimjon oʻgʻli joriy yil sentyabr oyida SAT (AQShd…

29-октябрь 2025, 11:38 14 просмотров
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyi 207-guruh oʻquvchisi Iskandarov Elzod Olimjon oʻgʻli joriy yil sentyabr oyida SAT (AQShd…

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyi 207-guruh oʻquvchisi Iskandarov Elzod Olimjon oʻgʻli joriy yil sentyabr oyida SAT (AQShdagi standartlashtirilgan test sinovlari)dan 1550 ballik(maksimal natija 1600 ball) natijani qoʻlga kiritib, zukkoligi bilan koʻpchilikni hayratga solgandi. Yaqinda bu bilimdan oʻquvchi yana bir e'tirofli yutuqqa erishdi. AQShda nashr qilinadigan “Xalqaro informatika va ma'lumotlar fanlari tadqiqotlari jurnali”da uning “Oʻzbekiston boshqaruvida sun'iy intellektning roli” nomli maqolasi (Muhammadxon Soliev  va Temur Mirzaboev bilan hammualliflikda) e'lon qilindi.  Elzod Iskandarovni erishayotgan yutuqlari bilan tabriklab, unga bardavomlik tilaymiz.

Все новости