Меню

“Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi.

1-май 2025, 14:39 14 просмотров
“Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi.

2025 yilning 29-30 aprel kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazildi.

“Ochiq eshiklar kuni”ga tashrif buyurgan ota –onalar va maktablarning 9-sinf oʻquvchilari oʻquv dargohidagi ta'lim yoʻnalishlari, shart-sharoitlar bilan tanishdilar, litsey pedagogik jamoasi va rahbariyati bilan muloqot qildilar. Shu kuni akademik litseyda maktablarning 9-10 sinf oʻquvchilari uchun informatika fanidan "sport dasturlash" boʻyicha viloyat miqyosidagi tanlov oʻtkazildi. Tanlov gʻoliblaridan 6 nafar oʻquvchi Faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Bizning sahifalarimiz:

💾 FACEBOOK (https://www.facebook.com/share/g/1FR7tKUTU5/) | 🌍TELEGRAM (https://t.me/litseysamtuit)

🌐 WEB SAYTIMIZ (https://litsey.samtuit.uz/uz) 📍 MANZIL (https://maps.app.goo.gl/ZfyrpAVj2aAhFzLQ8)

Все новости