Меню

“SENING G‘OYANG, SENING IJODING, SENING HUQUQING”

8-октябрь 2026, 10:08 128 просмотров

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 2-son akademik litseyida o‘quvchi-yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni erkin fikrlashga undash maqsadida “Sening g‘oyang, sening ijoding, sening huquqing” mavzusida ochiq tarbiyaviy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mazkur mashg‘ulotlarda o‘quvchilarga o‘z fikrini erkin bildirish, yangicha g‘oyalar ilgari surish va ijodiy yondashish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Yoshlar o‘z qarashlarini turli ijodiy topshiriqlar va amaliy mashg‘ulotlar orqali namoyon etdilar.

Tadbir yakunida yoshlarning huquqiy savodxonligi va fuqarolik mas’uliyatini oshirish bilan bir qatorda, ularning ijodkorligi, tashabbuskorligi va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish muhim vazifa ekanligi ta’kidlandi.

Zero, har bir yoshning g‘oyasi — yangi imkoniyat, ijodi — yangi yutuq, o‘z huquqini bilishi esa munosib kelajak sari muhim qadamdir!

Все новости