Меню

TATU Samarqand filiali akademik litseyi

21-май 2022, 14:34 10 просмотров
TATU Samarqand filiali akademik litseyi

209-guruh o'quvchilarining Buxoroga qilgan tashrifi

TATU Samarqand filiali akademik litseyi o'quvchilari Buxoroyi Sharifga 15-aprel kuni sayohat qilishdi.

Sayohatdan ko'zlangan maqsad o'quvchilar bilimini boyitish, ularni o'tmish va tarix haqida xabardor qilish edi. O'quvchilar, birinchi navbatda, Bahouddin Naqshbandiy ziyoratgohida bo'lishdi. Undan so'ng Mag'ori Attor, Ark, Somoniylar maqbarasi, Minorayi Kalon, Sitorayi Mohi Xosa kabi tarixiy joylarda bo'lishdi va qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Bundan tashqari, o'quvchilar Chet ellik mehmonlar bilan suhbatlashib, o'zlarining bilimini namoyish etdi.

"Sayohat inson umrini uzaytiradi" ,-deya xalqimiz bejizga aytishmagan. Sayohat shu bilan birga,inson uchun yangiliklar taqdim etadi. Buxoroning o'quvchilar uchun tanish bo'lmagan jihatlari o'rganildi va bilimlar yanada kengaydi.

Sayohat so'nggida Buxoroning eng qadimiy va ko'p sir-sinoatlar guvohi ekanligi barchani quvontirdi.

Все новости