Меню

#Yakuniy_davlat_attestatsiyasi_imtihoni!

30-май 2025, 19:03 11 просмотров
#Yakuniy_davlat_attestatsiyasi_imtihoni!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyi bitiruvchi o'quvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi boshlandi.

2025-yil 30-may kuni 2-bosqich o‘quvchilari uchun Ona tili va adabiyot fanidan Yakuniy davlat attestatsiya imtihoni o’tkazildi. Imtihon boshlanishida TATU Samarqand filiali ma'muriyat a'zolari, akademik litsey direktori S.O'.Hamrayeva hamda o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari F.J.Maxmudov barcha bitiruvchilarga omad va zafarlar tiladilar.

Imtihon jarayoni shaffoflik, adolatlilik, tartib-intizom tamoyillari asosida tajribali nazoratchilar ishtirokida, barcha o‘quvchilarining to‘liq ishtiroki ta’minlangan holda tashkil etildi.

Barcha bitiruvchilar uchun muhim va mas’uliyatli bosqich — yakuniy davlat attestatsiyasida omad yor bo'lishini va yuqori natijalar bilan yakunlashlarini tilab qolamiz!

Все новости