About us
About the lyceum
Shahrof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti 2-sonli akademik litseyi has been operating since 1997.
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 2-sonli akademik litseyi — aniq va tabiiy fanlar hamda xorijiy tillar bo‘yicha chuqurlashtirilgan tayyorgarlik beradigan ta’lim muassasasi. Litsey 1997-yildan buyon faoliyat yuritadi va shu davr ichida bir necha marta maqomi va nomi o‘zgargan.
Bugungi kunda litseyda uch yo‘nalish bo‘yicha ta’lim beriladi: aniq fanlar (texnika), aniq fanlar (iqtisod) va xorijiy filologiya (ingliz tili). O‘quv jarayoni zamonaviy laboratoriyalar, kompyuter xonalari va axborot resurs markazi bilan ta’minlangan.
Litseyning asosiy vazifasi — bitiruvchilarni oliy ta’limga tayyorlash. So‘nggi yillarda oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichi barqaror o‘sib bormoqda.
Study programmes
History of the lyceum
-
1997
Gimnaziya tashkil etildi
Samarqand kooperativ instituti qoshida, institutning 1997-yil 7-fevraldagi 15-sonli buyrug‘i asosida.
-
1999
Litseyga aylantirildi
1-iyuldagi 20-sonli buyruq bilan gimnaziya Samarqand kooperativ instituti qoshidagi litsey maqomini oldi.
-
2006
2-son akademik litsey
Samarqand shahar hokimining 16-oktabrdagi 1357-K-sonli qaroriga asosan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi 2-son akademik litseyiga aylantirildi.
-
2009
O‘quvchilar yotoqxonasi qurildi
100 o‘ringa mo‘ljallangan yotoqxona ishga tushdi — boshqa tumanlardan kelgan o‘quvchilar uchun.
-
2017
SamDU tarkibiga o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26-sentabrdagi PQ-3290-sonli qaroriga asosan, shahar hokimining 6-dekabrdagi 2058-Q qarori bilan Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 2-sonli akademik litseyi nomini oldi.
The full story is on the History of the lyceum page.
Building and rooms
Information resource centre
Location
Samarqand shahri, Sartepo massivi, Turkiston ko‘chasi, 3-uy