Topic 20
Writing: grafik va diagrammani tasvirlash (IELTS Task 1)
Overview, taqqoslash, trend so‘zlari, raqamlar, 150 so‘z va 20 daqiqa.
Tuzilishi (150+ so‘z, ~20 daqiqa)
- Introduction — topshiriqni o‘z so‘zingiz bilan qayta ifodalash (paraphrase), nusxa ko‘chirmang;
- Overview — 2 ta asosiy tendensiya, raqamsiz. Busiz Task Achievement bahosi 5 dan oshmaydi;
- Body 1–2 — raqamlar bilan tafsilot, taqqoslash.
Shaxsiy fikr va sabab (because people prefer…) yozilmaydi — faqat ma’lumot tasviri.
Trend so‘zlari
- o‘sish: rise, increase, grow, climb, soar (keskin);
- pasayish: fall, decrease, decline, drop, plummet (keskin);
- barqarorlik: remain stable, level off, plateau;
- tebranish: fluctuate; eng yuqori nuqta: peak at;
- tezlik: sharply, dramatically, steadily, gradually, slightly.
rose by 10% — farq; rose to 40% — yakuniy qiymat.
Taqqoslash
twice as high as, three times more than, slightly higher than, the highest proportion, compared with, whereas, while.
Ko‘p uchraydigan xato
Har bir raqamni ketma-ket sanab chiqish (taqqoslashsiz) va zamonni adashtirish: o‘tgan yillar — Past Simple, prognoz — is expected to / will.